Olimlar kislorod bilan toʻyintirilmagan xonada uxlash xavfli ekanligini aniqladi

10:54 31 May 2024 Dunyo
515 0

Illyustrativ foto

Odamlarda uyqu jarayonida kislorod yetishmovchiligi epilepsiya (nevrologik kasallik)ga sabab boʻlishi mumkin. Epilepsiya bu tutqanoq kasalligi boʻlib, u sodir boʻlganda butun gavdada birdan qaltiroq paydo boʻladi.

Bu AQSHning Milliy sogʻliqni saqlash instituti tomonidan moliyalashtirilgan tadqiqotda maʼlum boʻldi. Unda 60 yoshdan oshgan insonlar ishtirok etdi

«Bu esa uyquda tutqanoq va keksalik bilan bogʻliq xastaliklarning kuchayishiga sabab boʻladi», deyiladi «Sleep» jurnalida chop etilgan tadqiqot ishida.

Nevrologik kasalliklar va insult institutining tibbiyot fanlari boʻyicha professori Rebekka Gottesman kech boshlangan epilepsiya qon tomir va neyrodegenerativ kasalliklarning dastlabki koʻrsatkichi boʻlishi mumkinligini tushuntirdi. Uning taʼkidlashicha, keksa odamlarda epilepsiyaning yangi holatlari eng koʻp uchrashi ayni jarayon bilan bogʻliq.

Jon Xopkins universitetidan doktori Kristofer Karosela boshchiligidagi tadqiqotda 1300 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Maʼlum boʻlishicha, uyqu paytida kislorod bilan toʻyinganligi 80 foizdan pastroq xonada uxlash inson hayotining keyingi davrida epilepsiya bilan kasallanish ehtimolini uch baravarga oshirib yuboradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер