Olimlar “COVID-19”ga qarshi qanday qilib «superimmunitet» hosil qilish mumkinligi haqida maʼlumot berishdi
Foto: Global Look Press
AQSHning Oregon shtati sogʻliqni saqlash va fan universiteti tadqiqotchilari vaksina olgan boʻlsada, koronavirusning «Omikron» shtammini yuqtirib sogʻaygan bemorlar “COVID-19”ning kelajakdagi variantlariga qarshi «superimmunitet» hosil qilishlari mumkinligini aniqladilar.
Yaʼni olimlar koronavirusga qarshi emlanganiga qaramay ushbu infeksiya bilan zararlanib, tuzalgan odamlar gibrid immunitetga ega boʻlishini aniqlashdi.
Qayd etilishicha, emlashdan keyin kasallikni boshidan oʻtkazganlarda antitanachalarning sifati ancha yuqori boʻlgan.
“Nafaqat antitanachalar darajasi yuqori, balki ularning virusning turli xil variantlarini zararsizlantirish qobiliyati ham yuqori boʻlgan”, deydi olim Fikadu Tafesse.
Uning taʼkidlashicha, olimlar bunday immunitetga ega boʻlgan odamlar koronavirusdan yuqori darajada himoyalanishlariga ishonishsada, ammo “COVID-19” hali ham oldindan toʻla xulosa qilib boʻlmasligini qayd etishgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring