Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida yangi departament tashkil etildi

11:34 20 Iyul 2022 Jamiyat
1479 0

Foto: Illustrativ foto

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining markaziy apparati tuzilmasida:

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritildi;

Professional taʼlim-oʻquv metodik muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi negizida Professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti tashkil etildi.

Professional taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Professional taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori hisoblanadi.

Vazir oʻrinbosari:

professional taʼlim muassasalari faoliyatiga rahbarlik qiladi;

professional taʼlim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini taʼminlaydi;

professional taʼlim muassasalarida mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi.

Yangi departament vazirlikning amaldagi shtat birliklari doirasida va tasarrufida tugatilayotgan professional taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan ayrim vazirlik va davlat qoʻmitalarining 16 nafar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер