Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga hujjatlar topshirish muddati uzaytirildi

13:31 09 Oktyabr 2021 Jamiyat
2018 0

Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli va 2020-yil 6-noyabrdagi 696-sonli qarorlarga muvofiq yagona elektron tizimi orqali oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining barcha shakllariga talabgorlar tomonidan hujjatlar topshirilmoqda.

Hujjatlarni 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar qabul qilish belgilangan.

Shuningdek, talabgorlarga hujjat topshirishda qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotalari 2 baravarga oshganligi, kvotalar tasdiqlanishi kechikkanligini inobatga olib, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga hujjatlar topshirish muddati joriy yilning 20-oktyabriga qadar uzaytirilgani maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер