Oliy taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bandlik markazlari tashkil etiladi

19:30 04 Mart 2022 Siyosat
867 0

Foto: president.uz

Yigʻilishda rektorlar OTMlarning yoʻnalishiga qarab, aholi va tadbirkorlarga pullik xizmatlar koʻrsatib, 5 ming nafar talabaga qoʻshimcha daromad olish imkoniyatini yaratishi shartligi koʻrsatib oʻtildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Jumladan, OTMlarda:

— qishloq xoʻjaligi va veterinariya yoʻnalishida issiqxona, bogʻdorchilik, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, hayvonlarni emlash;

— xorijiy tillar yoʻnalishida – til oʻrgatish, turizm, tarjimonlik;

— iqtisodiy yoʻnalishda – buxgalteriya, biznes rejalar ishlab chiqish, sugʻurta xizmatlari;

— qurilish va arxitekturada – loyiha tayyorlash, dizaynerlik kabi pullik xizmatlarini yoʻlga qoʻysa boʻladi.

Har bir oliygoh rektoriga Oliy taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bandlik markazlarini tashkil etish topshirildi.

Har bir OTMda boʻsh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratib, kamida 10 tadan pullik kurslar, maishiy va boshqa xizmatlarni tashkil etish vazifasi qoʻyildi.

Bu orqali 5 ming nafar talaba daromad keltiradigan ish bilan band boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер