Oliy taʼlim tizimida faoliyat koʻrsatayotgan bir guruh xotin-qizlar Oliy Majlis Senati Raisining “Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlandi
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oliy taʼlim tizimida ilm-fanni rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish borasida salmoqli natijalarga erishgan bir guruh xotin-qizlar Oliy Majlis Senati Raisining “Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlandi.
Taqdirlash jarayonida har bir ishtirokchining faoliyati alohida eʼtirof etilib, uning jamoadagi oʻrni va amaliy ishlari haqida soʻzlab berildi.
Taʼkidlanganidek, eʼtirof etilganlar oliy taʼlim tashkilotlarida ilm-fan, taʼlim sifati, innovatsiya va gender tenglikni taʼminlash sohalarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning tashabbusi bilan muhandislik va IT yoʻnalishlarida xotin-qizlar uchun inklyuziv taʼlim markazlari tashkil etilgan, STEAM ilmiy tadqiqot laboratoriyalari, “Psixologiya” va “Transformatsiya” markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Taqdirlanganlar orasida yuzlab ilmiy ishlar, monografiya va darsliklar mualliflari, oʻnlab fan doktorlari (DSc) va falsafa doktorlarini (PhD) yetishtirib chiqargan ustozlar bor. Ularning gender tadqiqotlari va xotin-qizlar faolligini oshirishga doir ilmiy izlanishlari mamlakatimiz ilmiy salohiyatini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshib kelayotgani eʼtirof etildi.
Ayniqsa, innovatsiya va ixtirochilik sohasidagi natijalar alohida qayd etildi. Jumladan, 9 ta patent muallifi boʻlgan, endokrinologik kasalliklarning oldini olishga qaratilgan amaliy ishlanmalarni joriy etgan, oʻnlab ratsionalizatorlik takliflarini amaliyotga tatbiq etgan olimalar faoliyati yuksak baholandi.
Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlaridagi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha maslahat kengashlarining faol rahbarlari ham taqdirlandi.
Soʻzga chiqqanlar taqdirlanganlarga yangi yutuqlar va Vatan taraqqiyoti yoʻlidagi sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar hamroh boʻlishi tilaklarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring