Oliy taʼlim olish istagida boʻlgan abituriyentlar uchun yana bir qator yengilliklar berilmoqda

16:18 03 Yanvar 2024 Jamiyat
700 0

2023/2024-oʻquv yili uchun oʻtkazilgan bakalavriatga kirish imtihonlari natijalariga koʻra, quyidagilarga:

— talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda tanlangan barcha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati;

— roʻyxatdan oʻtishda tanlangan 2-, 3-, 4- yoki 5-bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan, biroq toʻplagan bali tanlangan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlgan abituriyentlarga tanlangan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati berildi.

Bunda, abituriyentlarning kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari asos sifatida qabul qilinadi.

Eslatma: belgilangan tartibga koʻra, kirish imtihonlari natijalariga koʻra, belgilangan minimal oʻtish balidan (56,7 balldan) kam ball toʻplagan abituriyentlarga ham birinchi oʻquv yiliga muayyan taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorining 2 barobariga teng toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер