Oliy Majlis Senatida yoshlar yetakchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi
Oliy Majlis Senatida oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlarning yoshlar yetakchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida senator Malika Kadirxanova yoshlarga parlament yuqori palatasining asosiy vazifalari, qonunchilik jarayonidagi ishtiroki hamda Senatning jamiyat hayotidagi oʻrni va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, muloqot chogʻida yoshlarning qonunchilik tashabbuslari, ilgari surayotgan loyihalari va talaba-yoshlar bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan tashabbuslar muhokama qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring