Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Prezident maslahatchisi bilan uchrashdi

13:18 02 Fevral 2021 Siyosat
845 0

2021-yil 1-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlarning borishi, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini oshirishning strategik yoʻnalishlari, davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslarini hayotga tatbiq etish va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda xalq farovonligining izchil oshirib borilishini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Bundan tashqari, mamlakatning investitsiyalar jalb etuvchanligini va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek, Oʻzbekiston imiji va parlamentning rolini oshirish, mahalliy va xalqaro darajalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Suma Chakrabarti amalga oshirilgan ishlar va Oʻzbekiston iqtisodiyotining ijobiy koʻrsatkichlarini yuqori baholadi, shuningdek, mamlakat rahbariyati islohotlarni davom ettirishga qatʼiy bel bogʻlaganini taʼkidladi.

Uchrashuv ishtirokchilari iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik boʻyicha belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер