Oliy Majlis Senati Raisi Ozarbayjon Respublikasi parlamentining maxsus majlisida ishtirok etdi

13:44 17 May 2023 Siyosat
698 0

16-may kuni Boku shahrida Ozarbayjon umummilliy yetakchisi Haydar Aliyevning 100-yillik yubileyiga bagʻishlangan Ozarbayjon Respublikasi parlamenti — Milliy Mejlisining maxsus majlisi oʻtkazildi. Maxsus majlisga 26 ta davlatning parlamentlari rahbarlari va aʼzolari, 4 ta xalqaro parlament tashkiloti vakillari taklif etildi. Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Dastlab parlament delegatsiyalari Faxr xiyobonida Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Xaydar Aliyev qabriga gul qoʻyib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Shundan soʻng Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisida Haydar Aliyev shaxsi va merosiga bagʻishlangan fotokoʻrgazma bilan tanishildi.

Maxsus majlisda soʻzga chiqqanlar Xaydar Aliyev XX asrning atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi sifatida tarixdan joy olgani, uning koʻp qirrali faoliyati mamlakatni xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga xizmat qilganiga toʻxtaldilar.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva oʻz soʻzida Ozarbayjonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, millat birdamligi shakllanishi va milliy tafakkurining tubdan oʻzgarishi Xaydar Aliyev nomi bilan bogʻliq ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

– Oʻzbekistonda Xaydar Aliyev xotirasi yuksak darajada qadrlanishini taʼkidlamoqchiman. Oʻzbek xalqi yirik siyosatchining Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi qardoshlik rishtalarini rivojlantirish va mustahkamlashga qoʻshgan hissasini doimo yodda tutadi. Uning xotirasi yurtimizda abadiylashtirilgan. Bugun Toshkentning markaziy koʻchalaridan biriga Xaydar Aliyev nomi berilgan, uning yorqin xotirasiga yodgorlik barelyefi oʻrnatilgan. Bu oʻzbek xalqining ozarbayjon xalqi milliy yetakchisiga boʻlgan yuksak hurmatining ifodasidir — deya, alohida qayd etdi Oliy Majlis Senati Raisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер