Oktyabr oyidan biznes uchun elektr va gaz tariflari oshirilishi rejalashtirilmoqda

10:07 01 Oktyabr 2023 Jamiyat
587 0

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Hujjat loyihasiga koʻra, 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarini oshirish taklif etilmoqda.

Xususan, 1- va 2-guruhdagi elektr energiyasi isteʻmolchilari (OKMK, NKMK, “Oʻzmetkombinat” va byudjet tashkilotlari)ga oʻzgarishsiz – 1 kVt⋅soat uchun 1 000 soʻmgacha, qolgan yuridik shaxslar uchun 900 soʻmgacha (hozirgi vaqtda 450 soʻm) deb belgilanishi mumkin.

Tabiiy gaz tariflari esa OKMK, NKMK, “Oʻzmetkombinat” va byudjet tashkilotlariga oʻzgarishsiz – 1 kub metr uchun 1 800 soʻmgacha, boshqa tashkilotlarga 1 500 soʻmgacha (hozirgi vaqtda 660 soʻm) miqdorida belgilash taklif etilmoqda.

Loyihada aholi uchun ham elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz tariflari oʻzgarishsiz, amaldagi narxlarda qolishi koʻzda tutilgan.

Eslatib oʻtamiz, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun tarif narxlari oxirgi marotaba 2019-yilning avgustida oshirilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер