Oksana Chusovitina Jahon kubogi sovrindor boʻldi
Arxiv surat
Turkiyaning Antalya shahrida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon chellenj kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina kumush medalga sazovor boʻldi. Hamyurtimiz tayanib sakrash dasturida sovrindorlar safidan joy oldi.
Ushbu yoʻnalishda oltin medalni Sloveniya vakili Tyasa Kisselef, bronza medalni esa vengriyalik Greta Mayer qoʻlga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring