Oxirgi sutka davomida dunyoda 325 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 180 million 817 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 923 mingdan ziyod kishi vafot etgan (28.06.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 16:47 holatiga koʻra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 325 138 yangi holati aniqlandi.
6 467 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (29.06.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 09:21 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni
181 million 388 mingdan ortiq odam yuqtirgan,
ulardan 3 million 928 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 33,285 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,279 milliondan ortiq),
uchinchi oʻrinda Braziliya (18,386 milliondan ortiq),
toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,660 milliondan ortiq),
beshinchi oʻrinda esa Rossiya (5,472 milliondan ortiq).
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 2 milliard 966 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring