Oxirgi oʻn yil davomida tovuq sotib olgan amerikaliklarga kompensatsiya toʻlanadi 

22:29 23 Sentyabr 2021 Dunyo
1623 0

Foto: Depositphotos

2009-yil 1-yanvardan 2020-yil 31-dekabrgacha AQSHning 24 shtati va Kolumbiya okrugida tovuq sotib olgan barcha amerikaliklarga ishlab chiqaruvchilar tomonidan kompensatsiya toʻlanishi mumkin. Bu haqda “NBC Chikago” xabar bermoqda.

“Davlat prokurorining taʼkidlashicha, yirik parranda ishlab chiqaruvchilar oʻzaro til biriktirib tovuqning narxini sunʼiy ravishda oshirib yuborgan. Bu koʻpchilik shtatlarning qonunchiligida taqiqlangan”, deyiladi manbada.

Kompensatsiya halol va yana ayrim turdagilardan tashqari barcha tovuq goʻshtlariga tegishli. Shu tariqa ishlab chiqaruvchilari hammasi boʻlib 181 million dollargacha isteʼmolchilarga kompensatsiya toʻlashlari mumkin. Bu borada sudning yakuniy qarori joriy yilning 20-dekabr kuni chiqishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер