Oy oxirida ayrim hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda
Bugun Oʻzbekiston hududida kam bulutli va nisbatan iliq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat shu kun iqlimiy meʼyorlaridan biroz past boʻlib, 20-25 darajagacha koʻtariladi.
29-30-sentyabrda butun Oʻzbekiston hududi balandlikdagi siklon taʼsirida boʻladi. Respublika boʻyicha bulutlilik ortishi kutilmoqda.
29-sentyabrda koʻpchilik viloyatlarda ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm va Buxoro viloyatlarida yogʻingarchilik boʻlmaydi.
30-sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻadi. Baland togʻli hududlarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor.
29-30-sentyabrda kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meʼyordan 6-8 darajaga pastdir.
1-3-oktyabrda butun mamlakatimiz hududida ob-havoning yogʻingarchiliksiz boʻlishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Tunda va ertalab sovuq havo oqimining taʼsiri hali saqlanib turadi, harorat 5-8 darajagacha pasayadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta isitib, harorat 22-25 darajagacha koʻtariladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring