OITS muammosi 2030-yilgacha hal boʻlishi mumkin — BMT
Birlashgan Millatlar Tashkilotining taʼkidlashicha, agar kasallikning oldini olish va davolash uchun yetarlicha mablag sarflansa, OITS muammosini yaqin 7 yil ichida hal qilish mumkin.
BMT taʼkidlaganidek, bu "agar mamlakatlar profilaktika va davolanishga sarmoya kiritish uchun siyosiy irodani namoyish etsa va kamsitmaydigan qonunlarni qabul qilsa" juda realdir.
UNAIDS (Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS boʻyicha Qoʻshma Dasturi) maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilda dunyo boʻylab taxminan 39 million odam OIV bilan yashaydi, va davolanmagan taqdirda, u OITSga aylanishi mumkin.
“Agar biz odamlarni birinchi oʻringa qoʻyish va dalillarga asoslangan OIV profilaktikasi va davolash dasturlariga sarmoya kiritish boʻyicha qatʼiy majburiyat olgan mamlakatlarni naʼmunasi qilib olsak, bu masala yechimini topadi”, deyiladi UNAIDS hisobotida.
Shuningdek, unda OIVga qarshi samarali javob berish, boshqa tashabbuslar qatorida, kamsitmaydigan qonunlarni qabul qilish va jamoat tarmoqlarini kuchaytirishni ham anglatadi. OIV yoki OITS bilan yashaydigan odamlar koʻplab mamlakatlarda ajratish, kamsitish va zoʻravonlikka duch kelishadi.
“Afrikaning sharqiy va janubiy qismi kabi moliyaviy sarmoyalar eng koʻp boʻlgan mamlakatlar va mintaqalarda sezilarli yutuqlarga erishildi, bu yerda OIV bilan yangi kasallanganlar soni 2010-yildan beri 57 foizga kamaydi”, deyiladi hisobotda.
Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada esa, aksincha, yangi bemorlar soni keskin oʻshib bormoqda.
"Ushbu tendensiyalar, birinchi navbatda, OIV profilaktikasi xizmatlarining yetishmasligi ... shuningdek, jazo qonunlari va ijtimoiy kamsitishlar tomonidan yaratilgan toʻsiqlar bilan bogʻliq", - deya tushuntiradi UNAIDS.
Uning xabarlariga koʻra, oʻtgan yili 1,3 million kishi OIV bilan kasallangan va 630 ming kishi OITS bilan bogʻliq asoratlardan vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring