Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga qanday imkoniyatlar berilmoqda?

09:19 05 Sentyabr 2023 Siyosat
446 0

2023 yil 4 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab fraksiya a’zolari tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritishni takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunda tegishli qonun hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar tufayli tadbirkorlik faoliyatiga asossiz va noqonuniy aralashuv holatlari keskin kamaydi.

Muhokama etilayotgan qonun loyihasi ham tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu hujjat bilan yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik faoliyatni olib borayotgan subyektlarning amaldagi uch nafargacha doimiy ishchi bilan mehnat shartnomasi tuzishi va ularni yollashi mumkinligi haqidagi normani besh nafargacha doimiy ishchini yollashi haqidagi yangi normaga o‘zgartish taklif etilmoqda.

Shuningdek, qonun loyihasida amaldagi qonunchiligimizdagi bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi cheklov chiqarib tashlanmoqda.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan qonun loyihasi bilan kiritilayotgan o‘zgartirishlar oilaviy tadbirkorlik faoliyatni amalga oshirayotgan subyektlarning faoliyatni yanada kengaytirishga, aholining banligini ta’minlashga, mamlakat aholisi hayoti farovonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi hamda qonun loyihasi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, qo‘llab-quvvatlandi.

Savol-javob va muhokamalarga boy bo‘lgan yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер