Oilaviy bogʻcha xodimlariga byudjetdan subsidiya elektron tizim orqali hisoblanadi
“Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (426-son, 02.08.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq 2022-yil 1-sentyabrdan davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bogʻchalarda, oilaviy bogʻchalarda:
— byudjetdan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida avtomatik hisoblab chiqiladi;
— xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi;
— hisobot oyida tarbiyalanuvchilarning oylik davomati roʻyxatga olingan tarbiyalanuvchilarga nisbatan 40 foizdan kam boʻlganda, ushbu oy uchun byudjetdan ish haqi toʻlanmaydi.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi nizomlar tasdiqlandi:
— davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarni tashkil etish uchun banklarga pul joylashtirish tartibi;
— nodavlat bogʻchalarga byudjetdan subsidiyalar va kompensatsiyalar toʻlash tartibi;
— oilaviy bogʻchalar toʻgʻrisida;
— kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan tashkilotlardagi bogʻchalar tarbiyachilarining ish haqini qoplash uchun byudjetdan kompensatsiya ajratish tartibi;
— nodavlat bogʻchalarni boshqarish axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi oʻrtasida oʻzaro almashiladigan maʼlumotlar roʻyxati.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring