Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha reglament tasdiqlandi

13:25 06 Yanvar 2024 Jamiyat
368 0

Foto: “Xalq soʻzi”

1 mln 200 mingta kambagʻal oila roʻyxati shakllantirilib, “Onlayn mahalla” elektron platformasiga kiritildi.

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida 2023-yilga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha amalga oshirgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Shuningdek, Hokim yordamchilari tomonidan har bir oilani kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual dasturlar ishlab chiqilib, “Onlayn mahalla” platformasiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha reglament tasdiqlandi.

Yil yakuniga qadar respublikamizda 127 500 ta oila kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasini 12 foizga tushirish choralari koʻrilmoqda.

Hozirda Xalqaro mehnat tashkilotining “Haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisida”gi Konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasi oʻrganildi.

Oʻrganish natijasida, Konvensiyani ratifikatsiya qilish boʻyicha Qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер