Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

10:02 25 Dekabr 2023 Jamiyat
579 0

Farmonga ko‘ra, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining bo‘ysunuvi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi.

Qo‘mita faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etildi.

Shuningdek, Qo‘mita raisi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi o‘rinbosari –Qoraqalpog'iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari – viloyatlar vaToshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimi;

tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari – tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlari boshliqlari lavozimi kiritildi.

Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер