Ohangaronda tomorqadan samarali foydalanayotganlar tajribasi ommalashtirildi

16:32 27 Mart 2021 Iqtisodiyot
1539 0

Shu kunlarda Toshkent viloyatining barcha tumanlarida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ertaki ekinlarni ekish, qarovsiz holga tashlab qoʻyilgan xonadonlarni aniqlab ekin ekishga koʻmaklashish kabi holatlarni oʻrganish maqsadida Respublika ishchi guruhi oʻrganishlar olib bormoqda.

Ohangaron tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, ochiq va yopiq maydonlarda mahsulot yetishtirish mavzusida amaliy seminar oʻtkazildi.

Unda Oliy Majlis qonunchilik palatasi Cpikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Haitov, tuman hokimi, hududdagi 16 ta mahalla fuqarolar yigʻini raislari va tomorqa boʻyicha oʻrinbosarlari, agrar soha mutaxassislari, ishsiz xotin-qizlar va yoshlar qatnashdi.

Yalpoqtepa mahallasida yashovchi Lochinbek Umarov hovlisida 3 sotix issiqxona tashkil qilgan boʻlib, bir yilda 4-martagacha hosil olyapti. Xonadon sohiblari issiqxonada koʻkat yetishtirish bilan shugʻullanadi. Yana qoʻshimcha 2 sotixli issiqxona qurib kivi yetishtirmoqchi.

Seminarda bu amaliy ishlarni barcha MFYlarda ommalashtirish, “Temir daftar”dagi oilalarni jalb etish haqida tavsiyalar ham berildi.

Ayni paytda ushbu mahallada 626 ta xonadon, 2950 nafar oilalar istiqomat qilib keladi. “Temir daftar”ga 16 nafar, “Ayollar daftari”ga 19 nafar, “Yoshlar daftari”ga 45 nafar fuqarolar roʻyxatga olingan boʻlib, ularning har biri bilan muloqotda boʻlmoqda. Ishchi guruh vakillari mazkur ishsiz fuqarolarni oʻz xonadonlarida issiqxonalar qurib berish orqali oilaviy daromadlarini oshirish lozimligi borasida koʻrsatma berildi. Bu borada Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Jamgʻarma imtiyozli kreditlar va subsiyadalar ajratish orqali koʻmak koʻrsatishini bildirdi.

Seminarda “Tomorqa xizmati” MCHJ tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar, yetishtirilgan mahsulotlarni sotish bilan bogʻliq savollarga batafsil javob berildi.

Ushbu tumanda “Dry garden” tomorqa xizmati MCHJ faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, hozirda mahallalardagi aholi tomorqalariga qizil qalampir urugʻi va koʻchatlarni yetkazib berish bilan shugʻullanib kelmoqda.

— Faoliyatimizni 2020-yilda boshlagan edik, - deydi MCHJ rahbari Abror Hoshimov. – Bizning tasarrufimizda 20 gektar ekin ekishga moʻljallangan yer boʻlib, shundan 0,5 gektariga issiqxona tashkil qilganmiz. Turkiya davlatidan qizil qalampiri urugʻini sotib olib, oʻzimizga hosilini yetishtiramiz va olingan mahsulotlarimizni quritilgan holda yana oʻsha davlatga eksport qilamiz. Shu kunga qadar ming tonnadan iborat 1 mln. dollarlik mahsulot chetga eksport qilindi. Bundan tashqari mahsulotlarimizni oʻzimizning mahalliy aholimizga ham yetkazib beryapmiz. Aholi tomorqalarida ekin ekishdan tortib mahsulotlarni bozorini topishgacha boʻlgan jarayonda ham xizmat koʻrsatib kelamiz. Oʻtgan yilning oʻzida 350 ta fermer xoʻjaliklariga va 2 mingga yaqin xonadonlarga urugʻ va koʻchat yetkazib berdik.

Seminardan soʻng ishchi guruh vakillari ushbu mahallada qarovsiz tashlab qoʻyilgan tomorqalarni aniqlab, ularga amaliy yordamlar koʻrsatdi.

Yalpoqtepa mahallasida istiqomat qilib kelayotgan Feruza Arslonova xonadoni koʻzdan kechirilganda tomorqa oʻz holiga tashlab qoʻyilgani guvohi boʻlishdi.

Spiker oʻrinbosari ushbu xonadon sohibasi bilan suhbatlashganda turmush oʻrtogʻi vafot etganligi, yolgʻiz farzandi bilan kun kechirib kelayotganligi, tomorqasiga ishlov berishga imkoniyati yoʻqligini aytdi. Shu joyning oʻzida motokultivator bilan xonadonning tomorqasiga ishlov berildi va ekin ekishga koʻmaklashildi.

Ishchi guruhning oʻrganishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер