Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

12:20 24 May 2025 Jamiyat
380 0

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Ohangaron shahri boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida elektron tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Tadbir chogʻida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.M. xorijda ishlab chiqarilgan 530 dona elektron tamaki mahsulotini fuqaro M.G.ga 5 700 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu elektron tamaki vositalari rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilmagan va belgilangan tartibda litsenziyalashtirilmagan holda mamlakatga olib kirilgan. Mazkur holat mamlakat qonunchiligi talablariga zid boʻlib, aholi salomatligiga tahdid soluvchi holatlar sirasiga kiradi.

Yuqoridagi huquqbuzarlik boʻyicha fuqaro M.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ushbu moddada etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish uchun javobgarlik belgilab qoʻyilgan. Hozirda mazkur jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер