Ogʻir tan jarohati olgan yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi

19:30 27 Dekabr 2021 Jamiyat
1674 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga asli samarqandlik S.B.dan uni Oʻzbekistonga qaytarishda amaliy yordam soʻrab murojaati kelib tushgan.

Mazkur murojaat boʻyicha mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi hamda vakolatxona xodimlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilganda, fuqaro S.B. 2020-yil 13-sentyabrda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga ketganligi va joriy yilning 29-oktyabr kuni baxtsiz hodisa oqibatida balandlikdan yiqilib, umurtqa pogʻonasidan ogʻir tan jarohati olganligi aniqlandi.

Bugun, 27-dekabr kuni fuqaro S.B. shifokor nazoratida Moskva – Toshkent aviareysi orqali Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Oʻzbekistonga olib kelindi.

Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi masʼul xodimlari va fuqaroning yaqin qarindoshlari kutib oldi. Yaqin qarindoshlari hamrohligida Samarqandga kuzatib qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер