Ofislardagi eng koʻp infeksiya toʻplovchi buyum nomi maʼlum qilindi
Ofislardagi eng koʻp infeksiya toʻplovchi buyum — bu kompyuter klaviaturasidir. Bu haqda Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Moskva viloyatining shtatdan tashqari yuqumli kasalliklar boʻyicha mutaxassisi Irina Shilkina maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, klaviatura tugmachalarida turli xil bakteriyalar, ichak infeksiyalari, xususan, koronavirus ham boʻlishi mumkin.
“Klaviaturani qayta ishlash qiyin boʻlgani bois tugmachalarda turli kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalar, viruslar, shuningdek, ular orasida koronavirus boʻlishi ham ehtimoldan xoli boʻlmagan infeksiya toʻplanadi”, deydi Shilkin.
Mutaxassis klaviaturada ishlashni boshlashdan oldin hamda soʻng, albatta, qoʻllarni yuvishni tavsiya qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring