Oddiy qishloq maktabi oʻqituvchisi “Dunyoning eng yaxshi muallimi” deb topildi

21:11 07 Dekabr 2020 Dunyo
1228 0

Fotо: Getty Images

Kambagʻal hind qishlogʻidagi maktabda bolalarga saboq beruvchi 32 yoshli Randjit Disali “Dunyoning eng yaxshi oʻqituvchisi” deb topildi.

Taʼkidlanishicha, nufuzli "Global Teacher Prize 2020” tanloviga bu safar dunyoning 140 mamlakati oʻqituvchilaridan 12 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan.

Maʼlum qilinishicha, million dollarlik mukofot puli bilan taqdirlangan gʻolib hech kim kutmagan ishga qoʻl urgan. Yaʼni, Randjit Disali mukofotni boshqa oʻnta finalchilarga teng ravishda taqsimlagan.

Randjit Disali Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Paritevadi qishlogʻidagi qizlar maktabida ishlaydi. Qayd etilishicha, uning saʼy-harakatlari tufayli tez-tez zoʻravonlik va erta turmush qurbonlariga aylangan kam taʼminlangan hamda ahvoli ogʻir oilalarning farzandlari taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер