OCHL. “Nasaf” chorak finalda Avstraliya klubi bilan oʻynaydi
Bugun, 15-yanvar kuni ayollar oʻrtasida Osiyo chempionlar ligasi musobaqasining chorak finaliga qurʼa tashlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Ayollar oʻrtasida Osiyo chempionlar ligasi «Nasaf” klubining “Sevinch” jamoasi qurʼa natijalariga koʻra chorak finalida “Melburn siti” (Avstraliya) jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 28–29-mart kunlari boʻlib oʻtadi», deyiladi federatsiya xabaridan.
Maʼlumot uchun, “Melburn siti” jamoasi musobaqaning oʻtgan yilgi finalchisi hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring