Ochiqlik va shaffoflik yangi doimiy komissiya nazoratida

12:22 03 Noyabr 2021 Jamiyat
951 0

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashida tashkil etilgan doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv faoliyati ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Prezidentimizning joriy yil 16 iyundagi  “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  Farmoni ijrosi tahlil qilindi.

 - Ochiqlik va oshkoralik siyosatini taʼminlash jamiyatimiz hayoti uchun naqadar muhimligini  qisqagina faoliyatimiz davomida  chuqur his qildik,- deydi doimiy komissiya raisi Erkin To‘xtayev. – Shu yil avgust oyida tashkil etilgan doimiy komissiyamiz  viloyatdagi 34  davlat organi va tashkilot bilan ish olib bormoqda. Yig‘ilishda ularning ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarini ochiq maʼlumotlar portali hamda o‘zlarining veb-saytlarida  joylashtirilishi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Taʼkidlanganidek, byudjet va  byudjetdan tashqari  jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish, o‘tkazilgan tanlovlar, tenderlar va  olingan tovarlarni yetkazib berish to‘g‘risidagi axborot, xizmat safari hamda mehmonlarni kutib olishdan tortib kuzatib qo‘ygungacha bo‘lgan xarajatlar ochiq maʼlumotlar portali va tegishli veb-saytda qo‘yilishiga hamma tashkilot va idoralar ham erishayotgani yo‘q.Sababi bunday ochiqlik va oshkoralikka  davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining hammasi ham tayyor emasligi ko‘zga tashlanib qoldi. Binobarin, ochiqlik va shaffoflikka erishish korrupsiya holatlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

 

Faxriddin Bozorov, “Xalq so‘zi".

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер