Ochiq muloqotga yoʻllangan murojaatlarning katta qismi tibbiyotning birlamchi boʻgʻiniga daxldor

17:11 23 Dekabr 2021 Jamiyat
679 0

Prezidentimizning sogʻliqni saqlash tizimi vakillari bilan “Oʻzbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida boʻlib oʻtadigan ochiq muloqotiga yoʻllangan murojaatlar soni shu kungacha 2558 taga yetdi. Ulardan 72 foizi oʻz yechimini topgan boʻlsa, qolgan qismi ijro jarayoniga yoʻnaltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning:

— 545 tasi sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻini,

— 134 tasi tez tibbiy yordam xizmati,

— 132 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,

— 82 tasi ilm-fan,

— 74 tasi oliy tibbiy taʼlim,

— 64 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,

— 58 tasi farmatsevtika,

— 54 tasi onalik va bolalikni muhofaza qilish,

— 49 tasi ijtimoiy himoya,

— 45 tasi xususiy tibbiyot kabi yoʻnalishlarga daxldordir.

Qolaversa, malaka oshirish, shoshilinch tibbiy yordam, oʻrta maxsus tibbiy taʼlim, yuridik xizmat, sogʻlom turmush tarzi, davlat xususiy sherikchilik yoʻnalishlari boʻyicha ham koʻplab murojaatlar qabul qilingan.

Murojaatlarning katta qismi Toshkent shahri (179 ta), Qashqadaryo (131 ta) hamda Fargʻona (129 ta) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.

Binobarin, ayni paytda ijro jarayonidagi masalalarning 58 foizi birlamchi tibbiy yordam yoʻnalishiga oiddir. Hududlar kesimida esa ularning 22 foizi Namangan va Andijon viloyatlariga, qolgan 78 foizi esa respublikamizning boshqa hududlari hisobiga toʻgʻri kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер