“Ochiq byudjet” doirasida mahallalar infratuzilmasiga 573 milliard soʻm ajratiladi
Foto: president.uz
Mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash uchun Toshkent shahriga 1,4 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Shuningdek, “Ochiq byudjet” doirasida mahallalar infratuzilmasiga 573 milliard soʻm ajratiladi.
Prezident mahallalarni obodonlashtirish, tarmoqlar, yoʻllar, suv inshootlarini taʼmirlash ishlariga yana qoʻshimcha mablagʻ ajratilishini taʼkidladi.
Shuning uchun shahardagi 584 ta mahallaning har biriga byudjetdan qoʻshimcha 1 milliard soʻmdan, jami yana 584 milliard soʻm ajratishga qaror qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring