Ochiq aytish kerak, mahalliy sanoatimiz ilm va innovatsiyadan ajrab qolgan... — Prezident
Foto: Prezident Matbuot xizmati
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi viloyat hokimlari bilan birga yangi quvvatlarni joylashtirish, ularga sharoit yaratish va mahalliy korxonalar bilan kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha tizimli ishlashga koʻrsatma berildi.
“Ochiq aytish kerak, mahalliy sanoatimiz ilm va innovatsiyadan ajrab qolgani sababli koʻplab korxonalar yangi raqobat sharoitiga moslashishi juda qiyin boʻladi”, dedi davlatimiz rahbari.
Shuning uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi ishini tubdan oʻzgartirishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Vazirlik hududlarda mahalliy sanoatni rivojlantirishda yangi texnologiyalar va amaliy yechimlar olib kirish bilan shugʻullanishi zarur.
Bunda, vazirlik viloyat “loyiha guruhlari” bilan birga 2022-yilda yangi oʻzlashtiriladigan 644 ta mahsulotning (2,6 milliard dollarlik) texnologik yechimlari bilan shugʻullanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring