Nyutonning olam qonunlari haqidagi noyob kitobi topildi

19:45 05 Mart 2020 Dunyo
1699 0

Foto: www.google.com

Fransiyada Isaak Nyutonning “Tabiiy falsafaning matematik asoslari“ fundamental asarining birinchi nashri nusxasi topildi. Unda koinotdagi jismlarning harakatini tavsiflovchi klassik mexanikaning eng muhim uchta qonuni yozilgan, deya xabar berdi “Phys.org” sayti.

Maʼlum boʻlishicha, noyob kitob Korsika orolidagi Fesh kutubxonasidan topilgan. Ushbu asar 1687-yilda lotin tilida nashr etilgan XVII asrdagi dastlabki nusxalaridan biri hisoblanadi.

Qayd etib oʻtish kerakki, ushbu kitobning asl nusxasi kolleksionerlar tomonidan doim eʼtirof etilgan. Lotin tilida yozilgan asarning bitta nusxasi Kristi auksionida 3,7 million dollarga sotilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер