Nyu-York sudi Donald Trampni firibgarlikda aybdor deb topdi
Foto: Reuters
Nyu-York sudi AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampni firibgarlikda aybdor deb topdi va uning 355 million dollar miqdorida jarima toʻlashiga haqida qaror chiqardi. Bu haqda SNN telekanali xabar bermoqda.
Shuningdek, unga Nyu-York shtatidagi har qanday kompaniyada uch yil davomida rahbarlik lavozimini egallash taqiqlandi. Tramp davlat banklaridan kredit soʻrash huquqidan ham mahrum qilindi. Sud tadbirkorning imtiyozliroq stavkalarda kredit va sugʻurta olish maqsadida moliyaviy hisobotlarni soxtalashtirganini aniqladi.
Bundan tashqari, Trampning ikki oʻgʻli — Donald va Erik ham aybdor deb topildi. Ularning har biri toʻrt million dollardan jarima toʻlashi kerak boʻladi.
Ayni paytda Trampning advokatlari apellyatsiya berishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring