NYT: Eron minalarni aniqlash va zararsizlantirishdagi qiyinchiliklar sababli Hoʻrmuz boʻgʻozini ocha olmayapti
Eron oʻz akvatoriyasiga oʻrnatilgan minalarni aniqlash va zararsizlantirish bilan bogʻliq muammolar tufayli Hoʻrmuz boʻgʻozini toʻliq ocha olmayapti. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
Gazeta suhbatdoshlarining qayd etishicha, Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) mart oyida, AQSH va Isroil harbiy harakatlari boshlanganidan koʻp oʻtmay, kichik kemalar yordamida boʻgʻozni minalashtirgan.
NYTʼning taʼkidlashicha, IIQK Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali oʻtishning xavfsiz yoʻlaklari xaritalarini tarqatgan, biroq ularning aniqligi shubha ostida. Koʻplab minalar tartibsiz va koordinatlarini fiksatsiya qilmasdan oʻrnatilgan, ayrim portlovchi qurilmalar esa maxsus dreyf qilish (suzib yurish) uchun qoʻyib yuborilgan. Bu minalarni topish va zararsizlantirishda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Amerikalik mulozimlarning taʼkidlashicha, dengiz minalarini yoʻq qilish jarayoni ularni oʻrnatishdan koʻra ancha murakkab. Na AQSH va na Eron tezkor minalardan tozalash uchun yetarlicha kuchli uskunalarga ega emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring