Nurotaning oltita togʻoldi qishlogʻi suv bilan taʼminlandi

15:53 25 Mart 2025 Jamiyat
172 0

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Respublika Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan investitsion dasturga asosan Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Qadoq, Tutli, Botqoq, Anna, Tikonli va Qirhovut qishloqlari markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

— Ushbu qishloqlar aholisi toza ichimlik suvi bilan barqaror taʼminlash maqsadida 48 kilometrlik suv quvurlari tarmogʻi tortilib, 2 dona yer osti tik quduqlarini qazish va 1 dona 200 metr kub hajmli suv saqlash havzasini qurish ishlari amalga oshirildi, — deydi tuman hokimi oʻrinbosari Shuhrat Vafoyev. — Mazkur bunyodkorlik ishlariga respublika byudjetidan 7 milliard 820 million soʻm mablagʻ ajratilib, qurilish ishlari “Zarafshon Golden Group” MCHJ tomonidan amalga oshirildi.

Nurota togʻ tizmalarining terskay etaklaridagi ushbu qishloqlardagi 483 ta xonadonda ikki yarim ming nafardan ortiq yurtdoshimiz istiqomat qiladi. Tabiiyki, bu qariyb suv bilan taʼminlanish darajasi 85 foiz boʻlgan viloyat va 74 foiz boʻlgan tuman koʻrsatkichlari bir qadar yaxshilanishiga ulush boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер