“Nuroniy” jamgʻarmasi Respublika boshqaruvi raisi va Fanlar akademiyasi prezidenti TDAU faoliyati bilan tanishdi

14:22 06 Fevral 2026 Jamiyat
379 0

Oʻzbekiston Qahramoni, senator, “Nuroniy” jamgʻarmasi Respublika boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev hamda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston Qahramoni, senator Shavkat Ayupov Toshkent davlat agrar universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlar dastlab universitet hududida besh buyuk alloma nomi bilan atalgan “Renessans” maʼruza zallari majmuasini koʻzdan kechirdi. Zamonaviy maʼruza zallaridagi qulay shart-sharoitlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Toshkent davlat agrar universiteti rektori Narzullo Oblomuradov oliy taʼlim muassasasida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy infratuzilma hamda talabalarning har tomonlama rivoji uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Mehmonlar Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakultetining quritish, saqlash va qadoqlash laboratoriyalarining faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Shuningdek, ilmiy tajriba almashish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan qator qiziqarli va muhim takliflar ilgari surildi. Iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari namoyish etilgan “Art galereya” koʻrgazmasi bilan tanishildi.

Toshkent davlat agrar universitetining bir guruh iqtidorli yoshlari, Prezident va nomli davlat stipendiya gʻoliblari, xalqaro grant, stipendiya va fan olimpiadalari gʻoliblari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Talaba yoshlar mehmonlar bilan oʻzlarining oʻqishi, olib borayotgan faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер