“Nurli ona diyor” fermer xoʻjaligi Samarqandda birinchi boʻldi
«Oʻzagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tumandagi “Qorakulcha Nurobod maskani” MMTP hududidagi “Nurli ona diyor” fermer xoʻjaligi aʼzolari 2020-yil hosili uchun 30 gektar yer maydoniga paxta ekib, gʻoʻza parvarishi yuzasidan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajargani bois, viloyatda birinchi boʻlib davlatga paxta sotish yuzasidan shartnoma rejasini ortigʻi bilan ado etdi. Qabul maskanlariga 60 tonna oʻrniga 62 tonnadan ortiq sifatli paxta xom ashyosi yetkazib berildi.
— 2020-yil hosili uchun tumandagi 31 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 632 gektar yer maydoniga chigit ekilgan boʻlib, 1 ming 264 tonna paxta xom ashyosi topshirilishi rejalashtirilgan. Joriy xoʻjalik yilida «Oʻzagroinspeksiya»ning tuman boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentyabrdagi “2020-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 8-sentyabrdagi 545-son qarori ijrosini taʼminlash hamda joriy yilgi paxta hosilini uyushqoqlik bilan nest-nobud qilmasdan oʻz vaqtida va sifatli yigʻib terib olish yuzasidan nazorat tadbirlari oʻrnatilgan, — deydi Inspeksiyaning Nurobod tuman boʻlimi boshligʻi Mamat Oʻrunov.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring