Nur-Sultonda Nursulton Nazarboyev haykali ochildi

19:36 03 Iyul 2020 Dunyo
1048 0

Bugun, 3-iyul kuni Qozogʻiston poytaxtida mamlakat Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga atab oʻrnatilgan haykalning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Kazinform” manbasiga asoslanib “Dunyo” AA xabar berdi.

Qayd etilishicha, marosimda Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev onlayn tarzda ishtirok etgan.

Davlat rahbari oʻz nutqida, Nursulton Nazarboyevni mamlakatning strategik yoʻlini belgilab bergan va xalqni jipslashtirgan, zamonaviy Qozogʻiston asoschisi, deya taʼrifladi.

“Tinchlik va barqarorlik, farovonlik va birlik – bu Elboshi siyosati samarasidir. Har bir davlat tarixida oʻzidan beqiyos iz qoldirgan noyob shaxslar boʻladi. Oʻsib kelayotgan avlod oldidagi burch – ularning xizmatlarini qadrlash va hurmat qilishdan iborat”, – dedi Prezident.

Yodgorlik Milliy mudofaa universiteti oldida, yaqinlashib kelayotgan yubiley sana – 6-iyul kuni Nursulton Nazarboyev 80 yoshga toʻlishi arafasida oʻrnatildi. Shuningdek, 6-iyul kuni mamlakatda poytaxt kuni sifatida davlat miqyosida keng nishonlanadi.

Qayd etish kerak, Elboshiga atab Qozogʻistonning boshqa shaharlari va xorijda yodgorliklar oʻrnatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер