Nukusda koronavirusga qarshi immunli sut mahsulotlari sotuvga chiqarildi
Foto: Xalq soʻzi
Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Panayev Farms” korxonasida joriy yildan boshlab immun suti va undan olinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunda SARS-CoV-2, yaʼni oʻtgan bir necha yillar davomida dunyoni larzaga keltirgan kasallik – koronavirusga qarshi immunli sut mahsulotlari sotuvi yoʻlga qoʻyildi.
Eslatib oʻtamiz, koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod immun sutini olish ustidagi tadqiqotlar natijasi boʻyicha tayyorlangan ilmiy maqola xorijning nufuzli “Frontiers in Nutrition” jurnalida nashr qilinib, birinchi marta koronavirusga qarshi immun suti olish imkoniyati amaliyotda isbotlab berilgan.
Maʼlumot uchun, hozirda dunyoda koronavirusning “Omikron” shtammining EG.5 subvarianti tarqalmoqda. Bugungi kunga kelib u 51 davlatda roʻyxatga olingan. Kasallanganlarda u burun oqishi, bosh va tomoq ogʻrigʻi, aksirish hamda holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon boʻlmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring