Nukusda ham “Isteʼmolchilar uyi” qad rostlaydi

12:02 24 Dekabr 2020 Jamiyat
1049 0

Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiya tomonidan “Isteʼmolchilar uyi” hamda “Isteʼmolchi kutubxonasi” loyihasi ishlab chiqilgan boʻlib, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ni hayotda izchil tatbiq etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida Respublikamizning turli hududlarida 20 dan ortiq barcha qulayliklarga ega boʻlgan, koʻrkam va shinam majmualar foydalanishga topshirildi. Yana 30 ga yaqin tuman va shaharlarda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani hokimi Umirbay Usnatdinov va Federatsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy birlashmasi raisi Ahmet Urumbayev ishtirokida tumanda “Isteʼmolchilar uyi”ning tamal toshi qoʻyildi. Mazkur maʼmuriy kompleks “Isteʼmolchi kutubxonasi” fondidan 6 mingdan ortiq kitoblarni oʻzida jamlagan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va isteʼmolchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qoʻllanmalar, maʼrifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikamizda nashr qilinadigan qiziqarli va ijtimoiy-siyosiy gazeta-jurnallar bundan tashqari, isteʼmolchilarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida Federatsiya hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan 16 turdagi yuridik adabiyotlar turkumini oʻz ichiga qamrab oladi.

Taʼkidlash joizki, ushbu maʼmuriy kompleksda barcha qulayliklarga ega boʻlgan “Media-markaz” barpo etilishi koʻzda tutilgan. Bir soʻz bilan aytganda, bu kabi maskanlar yosh oʻgʻil-qizlarimizning ham maʼnaviy tafakkurini boyitish, ularni kasb-hunarga oʻrgatish, yashirin salohiyati va isteʼdodini kashf etish uchun beqiyos imkoniyatlar beshigi boʻlib xizmat qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер