Nukusda FVV gʻavvos-qutqaruvchilari choʻkayotgan fuqaroni qutqarib qoldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Nukusda inson hayotini saqlab qoldi. Bu haqida vazirlikning rasmiy Telegram-kanalida maʼlumot berildi.
Unda aytilishicha, bugun, 17-fevral kuni soat 08:20 da Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahri markazidan oqib oʻtuvchi “Doʻstlik” kanalida bir fuqaro choʻkayotganligi toʻgʻrisida, ushbu hududdan oʻtib ketayotgan yoʻlovchi tomonidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi gʻavvos-qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni qutqarishga muvaffaq boʻlgan. Qutqaruvchilar tomonidan fuqaroga darhol birinchi yordam koʻrsatilib, uning hayoti saqlab qolingan hamda tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Buxoroda oʻzini daryoga tashlagan ayol profilaktika inspektori tomonidan qutqarib qolingani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring