Nukus dala oʻquv maydonida portlash. 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlangan
Videodan kadr
Nukus dala oʻquv maydonida kichik portlash yuzaga kelib, 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Manbaning Milliy gvardiya maʼlumotiga tayanib yozishicha, kecha, 10-sentyabr kuni Nukus dala oʻquv maydonida amaliy oʻquv mashgʻuloti tashkillashtirilgan.
Mashgʻulot davomida oʻquv mashgʻuloti uchun moʻljallangan portlovchi maxsus vositaning detonatsiya shnuri chaqnashi natijasida kichik portlash yuzaga kelib, mashgʻulot ishtirokchilaridan 10 ga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohat olishgan.
“Ularga oʻz vaqtida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan va hozirda koʻrilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning sogʻligi tiklanmoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan xizmat surishtiruvi tayinlangan, hozirda mutasaddi rahbarlar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring