“Nukus — Beyneu — Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha yangi xalqaro yo‘lovchi poyezd qatnovi amalga oshiriladi
Joriy yilning 28-fevral sanasidan boshlab haftada 2 marotaba dushanba va juma kunlari “Nukus — Beyneu — Nukus” yo‘nalishlari bo‘yicha 651/652-sonli yangi xalqaro yo‘lovchi poyezd qatnovi amalga oshiriladi.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu poyezdlar belgilangan jadval asosida, ya’ni 651-sonli “Nukus — Beyneu” yo‘nalishi, Nukusdan 00:40 da — Beyneudan 11:40 da, 652-sonli “Beyneu — Nukus” yo‘nalishi (har dushanba kuni) Beyneudan 16:26da — Nukusdan 03:35 da harakatlanadi.
Muborak Ramazon oyi arafasida qo‘shni mamlakat bilan xalqaro yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi Orolbo‘yi aholisi uchun bayram tuhfasi bo‘ldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring