Notariuslar sogʻlom turmush tarzi tarafdori

20:18 11 Mart 2023 Jamiyat
1227 0

Avvalroq xabar berganimizdek, yarim final oʻyinini Xorazm va Surxondaryo viloyatilik havaskor futbolchilar boshlab berishdi. Oʻyin qizgʻin boshlanganiga qaramasdan uchrashuvning 10-nchi daqiqasida hamon gol urilgani yoʻq. Darvozalar oldida bot-bot xavfli vaziyat boʻlishiga qaramasdan, har ikkala jamoa darvozaboni toʻpni oʻtkazmaslikka jon-jahdi bilan kirishganligi koʻrinib turibdi.

Xorazm-Surxondaryo jamoalari oʻyini qizgʻin kechdi. Xorazmliklar javob golini koʻp kuttirmadi, hisob: 1:1 Birinchi taym tugadi.

Xorazm-Surxondaryo notariuslarining havaskor futbol jamoalari oʻrtasida yarim final oʻyinlari yakuniga yetdi. Hamon hisob 2:2 Turnirning final bosqichiga bu ikki jamoadan qay biri yoʻllanmani qoʻlga kiritadi degan savol muxlislar xayolini band qildi. 2022-yilgi turnir gʻolibi xorazmlik futbolchilarga yarim final oʻyini yengil kechmoqda, deb ayta olmaymiz. Bot-bot jamoalar darvozalari oldida xavfli vaziyat yuzaga kelganiga qaramasdan jamoalar yarim final oʻyinini penalti bilan yakunlashga majbur boʻlishdi.

Xorazm -Surxondaryo notariuslarining havaskor futbol jamoalari oʻrtasida penaltilar seriyasi bilan oʻyin yakuniga yetdi. Oʻyin Surxondaryo viloyati notariuslari foydasiga hal boʻldi. Aytish joizki, havaskorlar oʻrtasidagi turnir har qanday professional oʻyindan kam oʻtmadi.

Yarim final bosqichining 2 –oʻyini, Toshkent shahri hamda Namangan viloyati jamoalari bellashmoqdalar. Oʻyinning 5-daqiqasida hisob 2:0 namanganliklar foydasiga. Toshkent shahri hamda Namangan viloyati notariuslarining havaskor futbolchilar jamoalari oʻrtasida finalga yoʻllanma uchun boʻlib oʻtayotgan uchrashuvning 2-taymi. Eslatib oʻtamiz, 1-taym namanganliklar hisobiga 3:0 bilan yakunlangan edi.

Oʻyin qizgʻin davom etdi va namanganliklar gʻalabasi bilan yakunlandi.

Poytaxtlik notariuslarga bu gal omad kulib boqmagani aniq boʻldi. Ular hamda namanganlik havaskor futbolchilar jamoalari oʻrtasida yarim final oʻyini 4:0 hisobda namanganlik havaskorlar foydasiga hal boʻldi. Finalda namanganliklar surxondaryolik hamkasblari bilan bellashdilar.

Dastlab, final bosqichida 3-oʻrin uchun Xorazm hamda Toshkent shahri jamoalari bellashdilar. Xorazm viloyati notariuslari jamoasi poytaxtlik hamkasblarini katta hisobda (14:7) magʻlubiyatga uchratib, turnirda 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Finalning asosiy oʻyini. Raqiblar – Surxondaryo hamda Namangan jamoalari jon-jahdi bilan toʻp surmoqdalar. Futbolchilarning futzaldagi tezliklari professional jamoalar futbolchilarning tezligidan qolishmadi. Stop! Avtogol! Surxondaryo-Namangan 5:4 Xabarimiz yakuniga yetmay turib, namanganlik notariuslar raqiblari darvozasiga yana ikkita golni joylab qoʻydilar. 7:4

Finalning asosiy oʻyini Namangan viloyat jamoasining zafari bilan yakuniga yetdi. Demak, Namangan viloyati havaskor futbolchilar jamoasi – 1 oʻrin, Surxondaryo – 2 oʻrin, Xorazm viloyati – 3 oʻrinni egalladilar.

Gʻoliblar Oʻzbekiston Notarial palatasining kubogi va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Gʻoliblarga Oʻzbekiston Notarial palatasining kubogi, medal va diplomlari, shuningdek, qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер