Norasmiy sektor qurilish ishlari hajmi 4 trln soʻmga yetdi
2026-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonda norasmiy sektor tomonidan 4 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 30,9 foizni tashkil etgan.
Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining yillar kesimidagi dinamikasiga nazar tashlasak, 2022 yilda 1,2 trln soʻmni tashkil etib, 2023 yilda bu koʻrsatkich 1,1 trln soʻmga tushgan. 2024 yilda esa yana 1,4 trln soʻmga koʻtarilgan. 2025 yilda bu koʻrsatkich sezilarli darajada oshib, 3,5 trln soʻmni tashkil etgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 7,1 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring