Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Minsk va Bokudan uchgan samolyotlar Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY-756 Boku-Toshkent va HY-710 Minsk-Toshkent yoʻlovchi reyslari Samarqand aeroportiga qoʻndi.
Bu qaror 20:27 va 20:37 da samolyot komandirlari tomonidan qabul qilindi. Soat 20:32 da Sankt-Peterburgdan uchgan HY-634 reysi Toshkent aeroportiga kelib qoʻndi.
Poytaxt aeroportida ob-havo sharoitining yomonlashuvi - qor, havo harorati -4 gacha tushib ketganligi sababli uchish-qoʻnish yoʻlagini doimiy ravishda tozalash zarurligini tushuntirishdi. Ayni vaqtda aeroport xodimlari parvozlar oraligʻida uchish-qoʻnish yoʻlagini tozalashga harakat qilmoqda. Qayd etish joizki, aerodromda koʻrinish yaxshi – 3000 m.
Toshkent aeroportida samolyotlar normal rejimda joʻnatilmoqda va qabul qilinmoqda. Shu bilan birga, HY-756 va HY-710 reyslari 22:49 va 22:56 da Toshkentga kelib qoʻndi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring