Noqulay ob-havo Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qoʻydi
Koʻrishning yomonligi (250 metr) “Red Wings” aviakompaniyasi reysini Fargʻonadagi muqobil aerodromga yoʻnaltirishga sabab boʻldi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasining Maxachkala — Namangan yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilayotgan RA1123 reysi kutish hududida boʻlganidan soʻng Fargʻona xalqaro aeroportiga yoʻnaltirildi. Bortida 76 nafar yoʻlovchi boʻlgan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 10:21 da Fargʻona aeroportiga qoʻndi.
Yaqin soatlarda yoʻlovchilar Namangan aeroportiga yer usti transporti orqali yetkaziladi.
“Red Wings” aviakompaniyasining Namangan — Maxachkala yoʻnalishi boʻyicha RA1124 reysi Fargʻona aeroportidan amalga oshiriladi. Shuningdek, yoʻlovchilar Namangan shahridan belgilangan aeroportga yer usti transportida yetkaziladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring