“Nomaʼlum qahramonlar!“ Messi shifokorlarga minnatdorchilik bildirdi

12:28 14 Aprel 2020 Sport
1167 0

Arxiv surat

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Instagram”dagi sahifasi orqali tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.

“Butunjahon tibbiyot xodimlari haftaligi nihoyasiga yetdi va men YUNISEF bilan birgalikda ular bajargan ishlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Nomaʼlum qahramonlar koronavirus pandemiyasi davrida oilalarimiz xavfsiz boʻlishi uchun kun va tunni yaqinlaridan uzoqda oʻtkazmoqdalar.

Har qanday holatga qaramay, ular homilador ayollarga yordam berish, bolalar va oʻspirinlarni davolashdek ezgu ishlarni davom ettirishmoqda”, – deydi Messi.

Maʼlumot uchun, butun dunyo boʻylab koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1,9 milliondan oshdi, qurbonlar soni 119 mingga yaqinlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер