Nodavlat bogʻcha va maktab ochish uchun 7 foizlik stavkada 10 yil muddatga kredit berilishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasi joylashtirildi.
Unga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab:
— nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun foiz stavkalarini subsidiyalash hisobiga 7 foizlik stavkada 10 yil muddatga kredit berish amaliyoti yoʻlga qoʻyish;
— yuridik shaxslarning maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotini qurishga sarf etiladigan xarajatlari barcha soliqlardan toʻliq ozod etish;
— “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim va tarbiya olish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etish;
— umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Yiliga 500 ming oʻquvchi oʻrni” dasturi amalga oshirilsin va uning doirasida 2023/2024 oʻquv yilida 500 ming yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etish taklif etilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring