NKMK Top-10 ta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ichida 5-oʻrinni egalladi

11:14 03 Oktyabr 2023 Jamiyat
411 0

Kanadaning Kitco xalqaro tahliliy markazi 2023-yilning birinchi yarim yilligida dunyodagi Top-10 ta eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar roʻyxatini eʼlon qildi. Mazkur roʻyxatga koʻra, Navoiy kon-metallurgiya kombinati 5-oʻrinni egallab, oltin ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda yetakchilardan biri boʻldi.

Xabarda keltirilishicha, joriy yilning 1-yarim yilligida kombinat tomonidan 1,425  mln unsiya oltin ishlab chiqarilib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan. Shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin konlaridan biri hisoblanadigan “Muruntov” koni NKMKga tegishli ekanligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер