“Nissan” Rossiya va Ukrainadagi faoliyatini bir yilga toʻxtatdi
Illyustrativ foto
“Nissan” taʼminot va logistika muammolari tufayli Rossiya va Ukrainadagi faoliyatini bir yilga toʻxtatdi
Yaponiyaning “Nissan Motor” avtomobilsozlik kompaniyasi Rossiya va Ukrainadagi faoliyatini bir yilga toʻxtatdi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Makoto Uchida 2021-moliyaviy yil yakunlari boʻyicha hisobot taqdimotiga bagʻishlangan matbuot anjumanida maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, taʼminot va logistika bilan bogʻliq muammolar tufayli shunday qaror qabul qilingan.
“Biz hisobotda Rossiya Federatsiyasi va Ukraina boʻyicha maʼlumotlarni hisobga olmadik. Operatsiyalar bir yilga toʻxtatiladi, deb taxmin qilamiz”, dedi Uchida.
Avvalroq, Janubiy Koreyaning “Hyundai” avtomobilsozlik konserni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi kompaniyaning shoʻba brendi “Kia” avtomobillarini ishlab chiqaradigan zavodi ishini davom ettirayotgani haqidagi maʼlumotni rad etgan edi.
Kompaniya matbuot xizmati tomonidan maʼlum qilinishicha, Rossiyadagi zavod barcha ishlab chiqarishni muzlatib qoʻygan ham ishni qayta boshlash vaqti haqida hali qaror qabul qilinmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring